“Xavfsiz oliy ta’lim muassasasi” tamoyili asosida, talabalar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishning Buxoro davlat universiteti tajribasini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Zamonaviy universitet kampusi.

Huquqiy asoslar

2025-yil 3-yanvardagiPQ-1-sonli qaror
2024-yil 30-noyabrdagi801-sonli qaror
2024-yil 25-martdagi06qq/12-sonli qaror
2025-yil 8-martdagi15/11-sonli qaror
2024-yil 30-dekabrdagi750-son buyrug‘i

Qarorning ilovalariga muvofiq tasdiqlandi

"Xavfsiz oliy ta’lim muassasasi" tamoyili asosida

1-ilovaga muvofiq
talabalar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
2-ilovaga muvofiq
aniqlangan ijtimoiy profilaktika obyektlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi profilaktika inspektori tomonidan tayyorlanadigan xulosa shakli
3-ilovaga muvofiq
olib boriladigan yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi
4-ilovaga muvofiq
yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturini yakunlash bo‘yicha tuzilgan qo‘shma xulosa shakli
5-ilovaga muvofiq
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot shakli

Talabalar o'rtasida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar va ko‘maklashuvchilar

Amalga oshiruvchi subyektlar
  • Profilaktika inspektori
  • Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor
  • Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
  • Fakultet dekani
  • Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
  • Tyutor
Ko‘maklashuvchilar
  • Prorektorlar
  • O‘quv-uslubiy departamenti boshlig‘i
  • Yuridik xizmat xodimi
  • Kasaba uyushmasi xodimi
  • Psixolog
  • Tibbiyot xodimi
  • Bandlik xodimi
  • Guruh rahbari
  • Talabalar turar joy pedagog-tarbiyachisi
  • “Mahalla yettiligi”
  • Tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari

Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan talabalar

Sababsiz dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmaydigan talabalar.

Mas'ul: Tyutor

Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni iste’mol qilishga moyil talabalar.

Mas'ul: Profilaktika inspektori / Xotin-qizlar inspektori

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga moyil talabalar.

Mas'ul: Profilaktika inspektori

g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli talabalar

Mas'ul: Profilaktika inspektori / Xotin-qizlar inspektori

Davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi talaba yoshlar.

Mas'ul: Yoshlar ittifoqi yetakchisi

Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan talabalar.

Mas'ul: Profilaktika inspektori / Xotin-qizlar inspektori

Ajrim yoqasiga kelib qolgan (ajrashgan) va notinch oilali talabalar.

Mas'ul: Fakultet dekani

Muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan talabalar.

Mas'ul: Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor

Nosog‘lom turmush tarzi (oila)da hayot kechirayotgan talabalar.

Mas'ul: Fakultet dekani

Tungi vaqtda daromad topish maqsadida (vaqtincha) ishlovchi talabalar.

Mas'ul: Yoshlar ittifoqi yetakchisi

Profilaktik hisobda turgan talabalar.

Mas'ul: Profilaktika inspektori / Xotin-qizlar inspektori

Ijtimoiy profilaktika obyektlari qanday aniqlanadi?

Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan talabalar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika obyektlari quyidagilar asosida aniqlanadi:

  • “Talababay” o‘rganish
  • Ta’lim muassasasi mas'ullari bergan ma’lumotlar
  • Talabalar xabarlari
  • Mahalla va ijaraga beruvchilar ma’lumotlari
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari
  • Huquqni muhofaza qilish organlari taqdimnomalari
  • Profilaktika subyektlari va ko‘maklashuvchilar ma’lumotlari
  • OAV va ijtimoiy tarmoqlar (jumladan “Birdamlik-24/7” mobil ilovasi)
  • Boshqa manfaatdor idoralardan olingan ma’lumotlar
Faoliyatni muvofiqlashtirish va yakunlash tartibi

Yakka tartibdagi dastur profilaktika inspektori va prorektor ishtirokida tuzilgan qo‘shma xulosa bilan yakunlanadi.

Talaba vafot etsa, ozodlikdan mahrum etilsa yoki o‘qishdan chetlatilsa, dastur qo‘shma xulosa bilan tugatiladi.

Akademik ta’til vaqtida dastur to‘xtatiladi va talaba qaytgach, holatga qarab qayta tiklanishi yoki yakunlanishi mumkin.

Profilaktika takroran amalga oshirilsa, dastur qayta tiklanib, ishlar davom ettiriladi.

Talaba boshqa hududga o‘qishini ko‘chirsa, profilaktika tadbirlari yangi ta’lim muassasasi tomonidan davom ettirilishi mumkin.

Kutilayotgan natijalar

“Xavfsiz oliy ta’lim muassasasi” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tadbirlarining kutilayotgan samaralari.

Individual yondashuv

Huquqbuzarlikka moyil yoki muammoli muhitda ta’lim olayotgan talabalar aniqlanadi va ular bilan yakka tartibda ish olib boriladi.(muammoning ildiz sabablarini topadi, har bir talabaning aniq ehtiyojiga mos yondashuv qo‘llaydi, bu profilaktik ishlarning samaradorligini oshiradi)

Jinoyatchilikning kamayishi

Oliy ta’lim muassasalarida hamda talabalar tomonidan jinoyat statistikasi kamayadi.(mahallada oldini olinadigan jinoyatlar 40-50% ga qisqarishi mumkin)

Psixologik salomatlik

Talabalar o‘rtasida o‘z joniga qasd va boshqa psixologik muammolarning soni pasayadi.(nizoli vaziyatlar, stress, zo‘ravonlik, tushkunlik, xatarli guruhlarga qo‘shilish kabi holatlarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi)

Akademik muhitni yaxshilash

Oliy ta’lim muassasidagi xavfsiz muhit talabalarning e’tiborini o‘qishga qaratishga yordam beradi.(chunki ijtimoiy profilaktika tadbirlari motivatsiyani oshiradi va salbiy omillarni cheklaydi)